AQShda singlisining tug‘ilgan kunini unutgan aka unga lotereya chiptasini sovg‘a qildi. Ayol yarim million dollar yutib oldi

Пример HTML-страницы

AQShning Merilend shtatidagi Apper-Malboro shahrida istiqomat qiluvchi ayol akasi sovg‘a qilgan lotereya chiptasidan yarim million dollar yutib oldi, deb xabar beradi Esquire.

Elizabet Koker-Nnam tasodifan boyib ketdi — bunga akasi uning tug‘ilgan kunini unutib qo‘ygani sabab bo‘lgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, u singlisini tabriklashga qaror qilgan va Arlington shahridan sotib olgan Virginia Lottery lotereya chiptasini sovg‘a qilgan.

Elizabet sovg‘a olganini bir necha haftaga unutib qo‘ygan. Natijada akasi u bilan telefon orqali gaplashgan vaqtida chiptani eslatgan. Qiz himoya qatlamini o‘chirib, mukofotga tush kelganida hayratga tushgan.

“Men baqirib yubordim! U ham baqirdi! Ikkalamiz ham baqirardik!”, — deya eslaydi Koker-Nnam.

Elizabetning akasi singlisi mukofotni olish uchun borganida unga hamrohlik qilgan. “Agar vaziyat bunaqa tus olishini bilganimda, uni o‘zimda saqlab qo‘yar edim”, — deya tan oladi aka.

Koker-Nnamning ta’kidlashicha, qo‘lga kiritilgan mukofot sabab u endi akasiga biror arzirli sovg‘ani bera oladi.

Avvalroq yangi mashinasida yo‘l transport hodisasiga uchragan erkak shu kuni lotereyadan 2 million dollar yutib olgani, shuningdek, amerikalik erkak telefon qo‘ng‘irog‘i sabab lotereyadan 2 million dollar yutib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!