Bobousmon Boturov o‘zbekistonlik bokschilar ichida birinchi bo‘lib Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

8-mart, yakshanba kuni, Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa doirasida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.

-69 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini musobaqada himoya qilayotgan Bobousmon Boturov chorak finalda xitoylik Kiong Yersunga qarshi ringga chiqib, raqibini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi.

Shu tariqa Bobousmon o‘zbekistonlik bokschilar ichida birinchi bo‘lib Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi Tokio Olimpiadasi uchun qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 15 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, -69 kilogramm vazn toifasida litsenzion musobaqada qatnashish uchun Shahram G‘iyosov ham da’vogarlik qilgandi. Biroq yakunda terma jamoa murabbiylari Bobousmon Boturov nomzodida to‘xtalgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *