Britaniya kompaniyasi yo‘llarda qonuniy harakatlanishga mo‘ljallangan o‘yinchoq mashinani taqdim etdi

Britaniyaning Little Car kompaniyasi Yaponiyaning Tamiya firmasi bilan hamkorlikda to‘laqonli elektr baggi qurish mumkin bo‘lgan Wild One Max konstruktori jamlanmasini taqdim etdi. O‘yinchoq jamlanma narxi 8250 dollar bo‘lganiga qaramay, yig‘ilgan transport vositasida umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Noodatiy loyiha asosini yapon mutaxassislari tomonidan yaratilgan radioboshqariluvchi Wild One modeli tashkil etadi. Yangi konstruktor Max pristavkasiga ega bo‘lgan bo‘lib, uning yordamida o‘lchami 3500×1800 millimetr bo‘lgan orqa uzatmali elektrobaggini qurish mumkin. Shu bilan birga, o‘yinchoq transport vositasini bo‘yi 195 santimetr bo‘lgan katta yoshli haydovchi boshqara oladi.

Wild One Max asosini mustaqil “podveska”li rom tashkil etadi. O‘yinchoq mashinaga 15 dyuymli g‘ildirak diskalari, Brembo tormozlari, shuningdek, rul va xavfsizlik kamariga ega bitta o‘rindiq o‘rnatilgan. Bundan tashqari, Wild One Max’ni sport “podveska”si va yo‘ltanlamas pokrishkalari bilan jihozlangan.

Konstruktor uchun AQSh hamda Yevropaning ayrim davlatlaridagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yo‘llarda qonuniy harakatlanish imkonini beradigan maxsus jamlanmalar ko‘zda tutilgan. Modifikatsiya qatoridan stop-signallar, burilish chiroqlari va yon oynalar o‘rin olgan. Apgreyd sabab o‘yinchoq transport vositasini kvadrotsikl sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Wild One Max 5,5 ot kuchiga ega ikki kilovattli batareya yordamida harakatga keladi. Mashina akkumulyatori bir marta quvvatlanish orqali 40 kilometr yo‘l bosishga qodir. Maksimal tezligi — soatiga 50 kilometr. Noodatiy konstruktorni 2022-yilda minimal 8250 dollar qiymatida xarid qilish mumkin.

Avvalroq britaniyalik bloger Mett Denton plastik ehtiyot qismlardan dunyoga mashhur Lego konstruktori uslubida yaratilgan yangi poyga mashinasi versiyasini yasagandi. Muhandis 3D-printerda chop etilgan o‘zining transport vositasini soatiga 50 kilometr tezlikda haydashga muvaffaq bo‘lgan.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *