Britaniyada giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi shaxs o‘zini Konor Makgregor deb tanishtirdi

Buyuk Britaniyada giyohvand moddalari bilan savdo qiluvchi Mark Nay ismli erkak o‘zini UFC jangchisi Konor Makgregor deb tanishtirdi, deb xabar beradi DailyMail.

Ta’kidlanishicha, 34 yoshli Nay 2021-yilning fevralida Stenvell shahrida politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Mojaro vaqtida u giyohvandlik vositalari solingan paket va ikkita mobil telefonni tashlab yuborgan, shuningdek, u o‘zini Konor deb tanishtirgan.

Markning uyida amalga oshirilgan tintuv vaqtida giyohvandlik moddalari va old tomoniga Mcgregor Enterprise, orqasiga esa “Surredegi eng yaxshi ekstazi” yozuvi tushirilgan vizitkalar topilgan.

Nay giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullangani uchun ikki yil-u sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Источник: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!