Britaniyada noyob oltin tanga yaratildi

Buyuk Britaniyadagi zarbxona og‘irligi 10 kilogramm keladigan o‘z tarixidagi eng katta oltin tangani yasadi. Bu haqda Qirollik zarbxonasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Zamonaviy ko‘nikmalar va innovatsion texnologiyalar uyg‘unligi iqtidorli ustalar jamoamizga 1100 yillik tariximizdagi eng katta tangani — qirollikning barcha o‘nta hayvoni tasviri tushirilgan 10 kilogrammli oltin tangani yaratish imkonini berdi”, — deyiladi xabarda.

Sky News telekanalining ma’lum qilishicha, tanga 10 ming funt sterling nominaliga ega bo‘lib, u yagona nusxada yaratilgan. Ta’kidlanishicha, oltin tanga hozirda o‘z ismini oshkor etishni istamagan xaridorga olti xonali son evaziga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda AQShda 1794-yilda ishlab chiqarilgan kumush dollar sotuvga qo‘yilgandi. 2013-yilda 10 million dollarga sotilgan ushbu tanga dunyodagi eng qimmat tanga hisoblanadi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *