Buyuk Britaniyada 10 qavatli binolar o‘rtasiga shaffof basseyn o‘rnatildi

Londonda 35 metrli uylar orasiga shaffof akril basseyn o‘rnatildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Konstruksiyaning suv bilan birga og‘irligi 400 tonnadan oshadi, basseyn devorlarining qalinligi ayrim joylarida 300 millimetrga yetadi.

Sky Pool nomini olgan basseyn Nine Elms turar joy binosining 10-qavatlari orasiga joylashtirilgan. “Muallaq” basseynning chuqurligi 3 metr, eni 25 metrni tashkil etadi. Unda bir nechta yoritish tizimi ham mavjud.

Ta’kidlanishicha, basseynga faqatgina ushbu kichik tumanda istiqomat qiluvchilar tashrif buyurishi mumkin. Binodagi kvartiralarning narxi kamida 1,5 million dollardan boshlanadi.

Embassy Gardens EcoWorld Ballymore ekologik loyihasiga kiruvchi Sky Pool shu kabi basseynlar orasidagi eng yirik konstruksiyaga aylangan. Konstruksiya Amerikaning Kolorado shtatida qurilgan.

Basseyn turar joy binosining aholisiga 19-may kuni bo‘lib o‘tadigan konsert doirasida taqdim etiladi.

Manba: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!