Colgate ichidagi barcha tish pastasini siqib chiqarish mumkin bo‘lgan qadoqni taqdim etdi

Ko‘pchilik tyubik ichida qolib ketgan tish pastasini olishda juda qiynaladi. Colgate kompaniyasi ushbu muammoni yangi qadoqlash texnologiyasi yordamida yechishga qaror qildi. Uning yordamida tyubikdagi so‘nggi tomchi tish pastasini ham siqib chiqarish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Mazkur tyubikda LiquiGlide texnologiyasidan foydalanilgan bo‘lib, u Massachusets texnologiya instituti tomonidan 2010-yillar boshida patentlangan. Qadoqning o‘ziga xosligi “supergidrofob” materialdan ishlanganida bo‘lib, uning yordamida tish pastasi tom ma’noda sirpanadi.

Bu kabi tyubik ichidagi pastani olish uchun qadoqni biroz siqish kifoya — u kuchli tortishish hisobiga otilib chiqadi. Qadoq shaffof ishlangan, shu sababli uning ichida qancha pasta qolganini bemalol ko‘rish mumkin. Shuningdek, mazkur qadoq to‘liq parchalanish xususiyati orqali ekologiyaga zarar yetkazmaydi.

Bunday samaraga erishish uchun uning ichki yuzasi maxsus naqsh va ma’lum bir mahsulotga mos keladigan juda yupqa material bilan qoplanadi. Ushbu texnologiyadan istalgan oziq-ovqat mahsulotlarida, masalan, ketchuplarda foydalanish mumkin.

Yangi qadoq narxi hozircha qimmat tish pastalari lineykasi uchun paydo bo‘lgan bo‘lib, uning chegirma bilan narxi 6 funt sterlingni tashkil etadi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *