Dushanbedagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi, 29 kishi jabrlandi (video)

Tojikiston poytaxti Dushanbeda joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasida portlash yuz berishi oqibatida 29 kishi jabrlandi, ularning besh nafari og‘ir ahvolda, deb yozadi “RBK” Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga tayanib.

“Dushanbening g‘arbiy chekkasidagi AYoQShda yuz bergan yong‘in kuchli portlashni keltirib chiqardi, oqibatda 29 kishi turli darajada kuyish jarohatlari oldi va shikastlandi, ularning besh nafari og‘ir ahvolda yotibdi”, — dedi qo‘mita rasmiy vakili Umida Yusufiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yong‘in sabablari aniqlanganicha yo‘q. Yong‘in joyiga eng yaqin tez yordam bo‘limining ma’lum qilishicha, u yerga portlashdan kuygan va boshqa jarohatlar olgan 15 kishi yetkazilgan.

Asia-Plus agentligining yozishicha, portlash Tojikiston poytaxtining g‘arbiy chekkasidagi AYoQShda 1-may kuni mahalliy vaqt bilan, taxminan, 18:30 da (Toshkent vaqti bilan bir xil) sodir bo‘lgan. Yong‘in stansiyaning 90 kvadrat metr maydoniga tarqalgan, u yerlarda 60 tonna yoqilg‘i saqlangan. O‘shanda 11 kishi jabrlangani xabar qilingan edi.

Yong‘in chog‘ida alanga 50 metr balandlikka ko‘tarilgan, yon atrofdagi uylarga ham zarar yetgan.

Qutqaruvchilarning o‘nta brigadasi yong‘inni bir yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirgan.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *