Fransiyada 15 nafar tadqiqotchi to‘liq izolyatsiya holatida 40 kun g‘orda yashadi. Ularda hech qanday aloqa vositasi va hatto soat ham bo‘lmagan

15 nafar fransiyalik ko‘ngilli tadqiqotchidan iborat guruh Deep Time tajribasi doirasida g‘orda 40 kun yashadi, deb xabar beradi Esquire.

Tajriba ishtirokchilari g‘orga 14-mart kuni tushgan. Deep Time loyihasining shartlariga ko‘ra, ko‘ngillilar Fransiya janubi-g‘arbidagi Lombriv g‘orini tark etmagan holda, u yerda 40 kun yashashi kerak bo‘lgan. Barchasi yakunlangach, tadqiqotchilar quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklarda ko‘rinish bergan, chunki ularda yorug‘ulikka ta’sirchalik ortgan.

Tadqiqotchilar g‘orga telefon va soatlarini tashqarida qoldirib kirgan, loyihaning maqsadi — odamlar to‘liq izolyatsiya holatida va tajriba sharoitida vaqt hamda makonga qanday munosabatda bo‘lishini sinab ko‘rish bo‘lgan.

Tajribada 27 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar erkak va yetti nafar ayol ishtirok etgan.

Tadqiqotchilarning tashqi dunyo bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Ular palatkalarda uxlagan, ovqat tayyorlagan, chuqurligi 45 metrli quduqdan suv olgan va velosiped yordamida o‘zlari elektr energiyasini ishlab chiqargan.

Oradan 40 kun o‘tgach, tadqiqotchilarga belgilangan muddat tugagani xabar qilish uchun oldilariga tushishgan. Loyihaning ko‘plab ishtirokchilari g‘orda yana kamida bir hafta qolishlari kerak deb hisoblagan.

Tadqiqotchilar kun tartibini belgilashda o‘z hissiyotlari va uyqu sikliga qarab mo‘ljal olishga to‘g‘ri kelgan. Ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular g‘or ichida bir-biri bilan uchrashuvlar borasida kelishib olishda qiyinchilikka uchragan.

Loyiha direktori va tadqiqotchisi Kristian Klotning aytishicha, g‘ordagi vaqt ularga juda sekin o‘tgandek tuyulgan.

33 yoshli Marina Lansonning ta’kidlashicha, tajribada davomida u o‘z hayoti “to‘xtatib qo‘yilgandek” his qilgan.

Tarjiba avvalida ishtirokchilarining miya faolligi va kongnitiv fuksiyalari keyinroq taqqoslanish uchun o‘lchab olingan.

“Sayyoradagi insonlar kelajakda evolyutsiyaga uchraydi. Miyamiz yangi qarorlarni har qanday vaziyatdan farqli o‘laroq qanday topishini tushinishimiz kerak”, — deydi Klot.

Источник: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!