Hadicha Qurbonova erining vafotidan so‘ng uning birinchi ayoli va farzandlari bilan munosabatlari yaxshilanganini ma’lum qildi (video)

Xonanda Hadicha Qurbonova “Shoh Lomak” YouTube kanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i koronavirusdan vafot etgach, uning birinchi ayoli va qizlari bilan yaqin munosabatda ekanligi haqida so‘zlab berdi.

“Turmush o‘rtog‘imning birinchi oilasi emasman, lekin nechanchisi ekanligimni ham aytmayman. Asosiysi, bu taqdir. Erkak kishi uchun bir nechta oila qurish dinda ham bor. Bu bilan men hamma nechtadir xotin olsin, demayman, bu taqdir. Taqdirimga shunday inson bitilgan ekan, bundan aslo xafa emasman. Turmushga chiqayotganimda oilam tomondan ko‘p qarshiliklar bo‘lgan. Lekin turmush o‘rtog‘imga bo‘lgan ishonch ularga turmushga chiqishimga turtki bo‘lgan. Ular bilan oramiz 18 yosh, yaxshi joyda ishlardilar. Ko‘pchilik puli uchun turmushga chiqqan, deb o‘ylardi. Lekin men u insonga adam rahmatliga juda o‘xshagani uchun turmushga chiqqanman. Ular menga men xohlagan e’tibor va mehrni bera olganlar”, — deydi Hadicha Qurbonova.

“Turmush o‘rtog‘imning qizlari bilan, birinchi ayollari bilan oldin ham yomon bo‘lmaganmiz-ku, lekin turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tganlaridan keyin bir-birimizga kerakligimiz, bir-birimizdan uzila olmasligimizni anglab yetdik. Yaxshimiz, oldin ham urush yoki janjal bo‘lmagan. Ularni doimo hurmat qilganman hamda ularni doimo birinchi o‘ringa qo‘yganman. Hali ham shunday. Qizlari bilan juda ham yaqinman. Yuragimda ba’zida aytolmagan gaplarimni ularga aytaman. Vaqti kelsa, birinchi ayollari bilan gaplashib, dardlashib olamiz. Biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligini bilardik. Ularning yoshi mendan katta bo‘lgani uchun ba’zida maslahat olaman, ayrim hollarda ular men bilan maslahatlashadilar”, — deydi Hadicha Qurbonova marhum turmush o‘rtog‘ining birinchi oilasi bilan munosabatlari haqida gapirarkan.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *