Hermes modalar uyi Rolls-Royce Phantom’ning noyob versiyasini yaratishda ishtirok etdi (foto)

Rolls-Royce kompaniyasi yaponiyalik biznesmen va kolleksioner Yusaku Maezavaning buyurtmasiga ko‘ra Bespoke bo‘linmasi tomonidan yaratilgan Phantom’ning noyob Oribe versiyasini taqdim etdi. Avtomobilni yaratishda Fransiyaning Hermes modalar uyi ham ishtirok etgan, deb xabar beradi Motor.

Britaniya markasi hamda fransuz modalar uyining kollaboratsiyasi doirasida “yerda harakatlanadigan samolyot” yaratishga urinilgan, mashina egasi o‘zining antik yapon keramikasiga bo‘lgan qiziqishi bilan tanilgan. Buning uchun Bespoke mutaxassislari Phantom’ni qo‘lda yig‘gan va uni ikki xil rangga bo‘yagan: Maezava uchun maxsus yaratilgan yashil Oribe Green va keramik — Oribe uslubidagi keramik idishning asosiy jilosi.

Oribe Green rangini Surface Finish Centre xodimlari bir necha oy davomida yaratgan va istisno tarzida mijoz o‘z samolyotini ham avtomobil rangiga bo‘yab olishi uchun bo‘yoqni unga taqdim etgan.

Fransiya modalar uyi Rolls-Royce’ning salonini yaratishda ko‘maklashgan: rul chambaragi, tutqichlar, uzatmalar qutisining richagi va iqlim-nazorat boshqaruv organlari Hermes charmi bilan qoplangan. Ushbu charmdan old panelning yuqori qismini, tirsak qo‘ygich, yukxona tubi, markaziy konsol va vino uchun mo‘ljallangan bo‘lmani qoplashda foydalanilgan. Orqa o‘rindiqlardagi bosh qo‘ygichlar va oyoqlar uchun yumshoq tayanchga o‘z navbatida firmaning hoshiyalari tushirilgan, “bardachok” qopqog‘ini Habille par Hermes Paris yozuvi bezab turadi.

Avvalroq Rolls-Royce kompaniyasi Black Badge versiyasidagi to‘q ko‘k kuzov va ugleplastikdan tayyorlangan “Ekstaz ruhi” ramzi bilan jihozlangan eksklyuziv Cullinan’ni namoyish etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *