Iftorlikka olcha va tvorog qo‘shib shokoladli pirog tayyorlab ko‘ring

Mazkur shirinlik nafaqat siz, balki oila a’zolaringiz uchun ham sevimliga aylanishiga shubha yo‘q.

Kerakli mahsulotlar:

  • muzlatilgan yoki danagi olingan barra olcha — 400 g;
  • shokolad — 200 g;
  • sariyog‘ — 120 g;
  • tuxum — 5 dona;
  • shakar — 150 g;
  • vanilin — 1 osh qoshiq;
  • tuz — bir chimdim;
  • tvorog —300 g;
  • un — 150 g;
  • razrixlitel — 1 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Eritilgan shokoladni eritilgan sariyog‘ga qo‘shib aralashtiring.
  • Qaynoq suvli idish bug‘ining ustiga qo‘yib, aralashtirishda davom eting.
  • 3 dona tuxumga, shakar, vanilin va tuz qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Tvorogga qolgan tuxum va shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Shokoladli aralashmani tvorogga  qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Un va razrixlitel qo‘shing.
  • Yog‘ surtilgan patnisga shokoladli aralashmaning uchdan bir qismini soling.
  • Ustidan tvorogli aralashma, keyin esa mevaning yarmini qo‘ying.
  • Shu ketma-ketlikni takrorlang.
  • 180 daraja qizigan pechni 50 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *