Jeff Bezos kosmik kema uchun chiptalar sotuvi boshlanganini e’lon qildi

Dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasining asoschisi Jeff Bezos o‘zining Blue Origin aerokosmik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan New Shepard kosmik kemasi uchun chiptalar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Tengrinews xabar beridi.

Bu haqda milliarder o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Tarmoqdagi postda barcha batafsil ma’lumotlar 5-mayda e’lon qilinishi aytilgan.

“Vaqti keldi”, — deb yozgan u ijtimoiy tarmoqda.

View this post on Instagram

Videorolikda Bezos pikap mashinasida G‘arbiy Texasdagi kompaniyaning uchish maydoniga qarab ketayotgani, keyin esa kosmik kemaning yerga muvaffaqiyatli qo‘nishi va sayyohlarni kosmosga yetkazuvchi kapsula tasvirlangan. Bezosning so‘zlariga ko‘ra, u har yili Amazon’dagi milliardlab dollarlik aksiyalarini sotib, Blue Origin’ni moliyalashtirmoqda.

New Shepard kemasi olti kishidan iborat kapsulani orbitaga olib chiqadi. Ular 10 daqiqada yerning tortish kuchidan butunlay uziladi va Yer yuzasidan 104 kilometr balandlikdan sayyoramiz manzaralarini kuzatishi mumkin bo‘ladi. Btta parvozning davomiyligi 40 daqiqani tashkil qiladi.

Kompaniyaning ma’lumot berishicha, hammada ushbu kapsulada kosmosga chiqish imkoniyati bo‘ladi.

Kompaniya saytida rasmiy anonsning e’lon qilinish vaqti uchun teskari hisob olib borilmoqda, chipta sotib olmoqchi bo‘lganlar esa saytdagi yangilanishlarga obuna bo‘lishi mumkin. Hozircha chiptalar narxi ma’lum qilinmagan, lekin avvalroq Reuters agentligining manbalari kosmik kemadagi bitta o‘rin 200-300 ming dollarga baholanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq Xitoy hukumati “Chanchjen-5” og‘ir tashuvchi-raketasi yordamida o‘zining milliy kosmik stansiyasining asosiy modulini orbitaga chiqargandi. Ushbu kosmik stansiyani 2022-yilda qurish rejalashtirilgan. Stansiyaning qolgan qismlarini o‘rnatish uchun yana 10 ta mana shunday parvoz talab etiladi.

Shuningdek, 24-aprel kuni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tutashgan Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon-2 ko‘pmartalik kemasining astronavtlari stansiyaning bortiga o‘tdi. Ularning kelishi bilan stansiya ekipaji a’zolarining soni 11 nafarga yetdi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *