Liboslarini o‘z qo‘llari bilan yaratgan qizlar ijodidan namunalar (foto)

Bashang kiyinish uchun bir necha kunni salqin butiklarda o‘tkazish shart emas. Quyidagi qahramonlar shunchaki ip va igna bilan qurollanib, jurnallardagi andazalar yordamida boshdan oyoq yorqin va yangi liboslarda namoyon bo‘lishdi.

“Katta buvim o‘z qo‘llari bilan tikkan eski yostiq jildlarini topib oldim va ularni bahorgi koftaga aylantirishga qaror qildim”.

“Men 1860-yillar uslubidagi libos ustida ishlayapman. Yubka uchun 4 metrdan ortiq mato oldim, menimcha, oshirib yuborganga o‘xshayman”.

“Ushbu shoyi ko‘ylakni singlim uchun tikdim”.

“‘Qirolichaning yurishi’ filmidagi libosga o‘xshatib tikdim”.

“Men ushbu ‘mevali’ kostyum kabi noodatiy kiyimlarni yaratish uchun tikishni o‘rganganman”.

“Tavakkal qilib, o‘zimga to‘y libosi tikdim!”

“Bu ko‘ylak men eBay’dan sotib olgan ikkita erkaklar ko‘ylagidan tikildi”.

“Nihoyat, men ham shkafimni qiziqarli liboslar bilan to‘ldirishim mumkin!”

“Masxarabozga o‘xshab qolsam kerak, deb o‘ylagan edim, lekin suratimni ko‘rib hayron qoldim”.

“Asosiy matodan menga sarafan, qoldiqlaridan esa o‘yinchog‘im — Frobert uchun kombinezon chiqdi”.

“Paxtadan tayyorlangan ko‘ylagim grafik qog‘ozga o‘xshash matodan tikilgan. Men esa unga bir nechta kichik sxema va grafiklarni tikib chiqdim”.

“Banan rasmi tushirilgan mato qoldiqlaridan yozgi top tikdim”.

“Mening oddiy, ammo yoqimli va ikki tomonlama sharfim”.

“Men bu koftani yaponcha kitobdan olingan naqsh asosida yaratdim”.

“O‘zimga yashirin cho‘ntakli zakolka yasab oldim”.

2020-yilda original Birkin sumkasining narxi 11 ming dollar bo‘lgan. Qiz o‘zi uchun shunga o‘xshash sumka tikishga qaror qildi va u buni uddaladi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *