Mashhur “Taksi” filmi yulduzlarining turmush o‘rtoqlari qanday ko‘rinishda? (foto)

Fransuz kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Taksi” filmi ko‘plab mamlakatlarda mashhurlikka erishgan. Xo‘sh, kino yulduzlarining qalbini kimlar zabt etganini bilishni xohlaysizmi?

Sami Naseri

Taksi haydovchisi Daniel butun dunyo bo‘ylab muxlislar orttirdi. Aktyor mashhurlikka erishganida yosh bo‘lishiga qaramay, shaxsiy munosabatlarga vaqt ajratmagan. 1995-yildagi qilmishi uchun qamalib chiqqan va Nitssa shahriga ko‘chib o‘tgan. U dastlab Salli ismli qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va tez orada ularning Julian ismli o‘g‘li dunyoga keldi. Juftlik ko‘p o‘tmay ayrilishga qaror qilgan bo‘lsa-da, o‘g‘li uchun do‘stona munosabatni saqlab qolgan.

Aktyor oradan 10 yil o‘tib yana o‘z baxtini topdi. U endi aktrisa Mari Giyarni tanlagan edi. Ularning turmushini butunlay mukammal deb atab bo‘lmasa-da, juftlik hamon birga.

 Marion Kotiyyar

Yosh aktrisa dastlab qizi, keyinchalik bosh qahramon rafiqasi rolini ijro etgan. Aktrisaning shaxsiy hayotida hammasi ko‘ngildagidek. U ko‘p yillardan buyon aktyor Giyom Kane bilan bir oila bo‘lib yashab kelmoqda. 2011-yilda juftlikning qizi dunyoga kelgan. Shuningdek, uni Bred Pitt bilan yaqin munosabatda ekanligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan. Hattoki aktyorning Anjelina Joli bilan ajrashishiga Marionni ham sabab qilib ko‘rsatishgan. Ammo aktrisa 2017-yilda ikkinchi farzandini kutayotganini oshkor qilgan va tez orada qizini dunyoga keltirgan.

Frederik Difental 

Aktyorning Emilyen roli uchun ko‘pchilik uning muxlisiga aylandi. Uning qahramoni hamisha kulgili vaziyatlarda paydo bo‘lar edi. Aktyorning o‘zi esa ikki marotaba turmushidan ajragan. Uning birinchi tanlovi aktrisa Kler Keym edi. Uch yillik oilaviy hayotdan so‘ng juftlik ajrashdi. Oradan ikki yil o‘tib u taqdirini Gvendolin Amon bilan bog‘ladi. 2016-yilga kelib aktyor yana yolg‘iz qolgan. 2018-yildan beri esa u maftunkor model bilan Jyul ismli qizini tarbiyalab kelmoqda.

Emma Syoberg

Aktrisa filmda Petra qahramonini gavdalantirgan. U garchi kartinada Frederikning rafiqasi rolini ijro etgan bo‘lsa-da, haqiqiy hayotda ularni faqat do‘stlik bog‘laydi. Aktrisa shved kino tanqidchisi Gans Viklund bilan oila qurgan. Juftlikning Tayra ismli qizi va Elis ismli o‘g‘li bor. 2016-yilda ularning ajrashganligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan, ammo hamon ular birgalikda hayot kechirmoqda.

Eduard Montut

Aktyor filmda Alen ismli politsiya inspektori rolini o‘ynagan. Aktyorning Lubna ismli modeldan Nail ismli o‘g‘il ko‘rgani ma’lum. Endilikda esa u ishbilarmon Debora bilan birgalikda yashaydi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *