Niderlandiyada nafaqaxo‘r er-xotin 3D usulda chop etilgan uyga ko‘chib o‘tdi

Niderlandiyada nafaqaxo‘rlar juftligi to‘liq 3D texnologiyasi yordamida qurilgan Yevropadagi birinchi uyga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Quruvchilar 29-aprel kuni amsterdamlik chol-kampir — 70 yoshli Eliza Luts hamda 67 yoshli Xarri Dekkersga uyning raqamli kalitini topshirgan. Ta’kidlanishicha, bu smartfonlar uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, uning yordamida ikkita yotoqxonaga ega yangi uyni ochish mumkin.

“Ushbu uyni chop etishga 120 soat kerak bo‘ldi, xolos”, — deydi Weber Benelux kompaniyasi bosh direktori Bas Gyuismans.

Maydoni 94 kvadrat metrga teng uy valun (yumaloq katta tosh) shaklida ishlangan. U 24 ta betonli elementdan iborat bo‘lib, qatlamli shaklda chop etilgan va qurilish maydonchasiga yetkazilgan. Bu yerda u bevosita poydevorga o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Xitoyda 3D-printer yordamida 500 metrli devor chop etilgan, 2020-yilda Belgiyada 3D-printer yordamida ikki qavatli uy yaratilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *