Nyu-York politsiyasi Boston Dynamics’ning robot-itidan foydalanishdan bosh tortdi

Nyu-York politsiya departamenti Boston Dynamics kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan Digidog laqabli Spot robot-itidan  foydalanmaslikka qaror qildi. Esquire’ning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda robotga “politsiya fuqarolar bilan ishlashda qanchalik tajovuzkor bo‘lishining” ramzi deya ta’rif berilgan.

Shahar kengashi a’zosi Ben Kallos va kengash spikeri Kori Jonson qurollangan robotdan foydalanishni to‘xtatishga chaqirganidan so‘ng ishlab chiqaruvchi bilan robot-itdan bir yil ijarada foydalanish borasidagi shartnoma (94 ming dollarlik) bekor qilingan.

Mahalliy departament robotdan 2020-yilning avgustidan boshlab foydalanib kelayotgandi. Undan politsiyachilar hayoti uchun o‘ta xavfli bo‘lgan holatlarda foydalanish rejalashtirilgan edi. Bu vaqt davomida robotdan olti marotaba foydalanilgan, bir safar u asirga olingan fuqaroga yegulik olib borgan. Bundan tashqari, Digidog’dan fevralda Bronksdagi kvartiraga amalga oshirilgan qurolli bosqinchilikni bartaraf etishda foydalanilgan.

Biroq robot ko‘plab tanqidlarga uchragan, uni politsiyachilar ishining haddan ortiq tajovuzkorligining “antiutopik” namunasi sifatida qabul qilishgan. Kallos esa Digidog’ni “Qora ko‘zgu” serialidagi robot-itlarga qiyoslagan.

Boston Dynamics ijrochi direktori Maykl Perrining so‘zlariga ko‘ra, hozirda butun dunyo bo‘ylab 500 ga yaqin robot-itlardan foydalanilmoqda, biroq politsiya departamentlarida foydalanilayotgan qurilmalar soni to‘rtta, xolos.

Avvalroq Boston Dynamics’ning robot-iti uy tozalashni o‘rganib olgani, Spot Chernobil bo‘ylab harakatlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *