“Oskar-2021”ga tashrif buyurgan yulduzlarning eng esda qolarli soch turmaklari (foto)

“Oskar-2021”ning taqdirlash marosimiga yulduzlar eng yaxshi liboslarni tanlash bilan birga, soch turmagi borasida ham boshqalardan ajralib turish uchun harakat qilgan. Ular orasidagi eng esda qolarlilarini e’tiboringizga havola etamiz.

Eshli Foks

Nomiga jingalak qilib, chyolkasiga urg‘u bergan Eshli, qizil yo‘lak uchun sochlarini oddiygina qilib pastdan yig‘ishni afzal bilgan. Bunday soch turmagi tadbir va ofisga borish uchun ayni muddao.

Margo Robbi

Stilist Brays Skarlett Margo uchun oddiy soch turmagini afzal bilgan. Bu e’tiborni uning yaltiroq Chanel ko‘ylagiga qaratilishini ta’minlagan.

Vanessa Kirbi

Lablarini to‘q rangda bo‘yagan Vanessaning obrazi o‘ziga xos ko‘rinishi uchun stilisti Adir Abergel uning sochlarini tekis qilib yig‘ishni ma’qul bilgan.

Holli Berri

Xolli esa kalta kare soch turmagi bilan chyolkaning o‘zini turmaklamasdan shundoqligicha marosimga kelishni afzal bilgan.

Zendeya

Zendeyaning obraziga nazar tashlab, uning stilisti Larri Simsom tabiiylik tarafdori ekanini bilish mumkin.

Xloya Chjao

Rejissor Xloya Chjao qanday turmak qilsam ekan deb bosh qotirib o‘tirmasdan sochlarini ikkita qilib o‘rab olgan.

Andra Dey

Mayda jingalak sochlarini tepaga ko‘tarib yig‘gani Andrani boshqalardan ajralib turishiga sabab bo‘lgan.

Nina Pedrad

Tabiiy jingalak sochlarini Nina muss yordamida alohida-alohida bo‘lib turishiga erishgan. Qizil ko‘ylagi bilan jingalak sochlarini yon tarafiga tashlagani esa obraziga mos tushgan.

H.E.R.

Xonandaning stilisti Nina Monik esa uzun sochlarni nomiga jingalak qilib yon tarafga tashlashning o‘zini kifoya deb bilgan.

Nikolett Robinson

Nikolettning tanlovini esa istalgan obrazga mos tushadigan universal deb atasa bo‘ladi. U afroamerikancha uslubda sochlarini o‘rab, kichkina metall bezaklardan foydalangan.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *