O‘zbekistonlik 3 nafar sportchi Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi

Toshkent shahrida 12—17-aprel kunlari suzish bo‘yicha Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) tasnifidagi O‘zbekiston Ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbekistonlik sportchilardan tashqari Hindiston, Afg‘oniston va Turkmaniston davlatlaridan ham sportchilar ishtirok etdi.

Ochiq chempionatning dastlabki kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aleksey Tarasenko 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. 48,54 soniya natija bilan Tarasenko Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Chempionatning so‘nggi kunida yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi Odilbek Yusupboyev va Eldor Usmonov 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan suzish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga jami 5 ta litsenziya qo‘lga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki ikkita litsenziya 2020-yilda terma jamoa a’zolari Xurshidjon Tursunov hamda Vladislav Mustafinlar tomonidan qo‘lga kiritilgan edi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *