Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirgan xususiy klinika rahbari qo‘lga olindi

Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirib, fuqarolarga sotayotgan xususiy klinika rahbari hamda Sanitariya epidemiologiya stansiyasi laboratoriyasi katta hamshirasi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 26-aprel kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kapitan A.T. shartli xaridor sifatida viloyat SES laboratoriyasida katta hamshira bo‘lib ishlovchi 1976-yilda tug‘ilgan Qarshi tumanida yashovchi N.S. bilan uch nafar tanishiga PZR-testi natijalarini soxtalashtirib berishiga kelishadi.

Shartli xaridor unga uch nafar tanishiga tegishli bo‘lgan pasport nusxalarini Telegram orqali yuborib, har bir test natijasi uchun 195 ming so‘mdan pul to‘lashga roziligini aytadi.

Tadbir davom ettirilib, 27-aprel kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “Murod med star” xususiy tibbiyot klinikasi yonida ushbu klinikada ishlovchi 1994-yilda tug‘ilgan Koson tumanida yashovchi B.Sh. kelishilgan fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan 3 ta PZR-testi blankalarini katta hamshira N.S.ga berayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davomida N.S.ning yonidan 3 dona PZR-testi ma’lumotnomasi hamda tadbirga ajratilgan 150 ming ming so‘m pul olindi.

“Murod med star” xususiy klinikasi rahbari N.M. o‘z ixtiyori bilan IIB xodimlariga 450 ming so‘m pulni qaytarib bergan va ular daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Andijonda soxta PZR-testlarni tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan ikki maktab o‘quvchisi qo‘lga olingani, Farg‘onada soxta PZR-test ma’lumotnomasi va Rossiyada davolanish uchun taklifnoma sotish bilan shug‘ullangan shaxs ushlangani hamda Andijonda soxta PZR-testlarni tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *