Redmi geymerlar uchun birinchi smartfoni — K40 Game Enhanced Edition’ni taqdim etdi

Redmi brendi geymerlar uchun mo‘ljallangan birinchi smartfoni — Redmi K40 Game Enhanced Edition’ni taqdim etdi. Apparat Redmi K40 lineykasining bir qismiga aylangan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Yangi qurilma Full HD+ sifat va 120 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,67 dyuymli AMOLED-ekranga ega bo‘lgan. Sensor qatlamining so‘rov chastotasini esa 480 gertsga qadar ko‘tarish mumkin. Ya’ni smartfon displeyining texnik tavsifi o‘yinga moslanadi. Barmoq izi skaneri o‘chirib-yoqish tugmasiga, ovoz balandligini sozlovchi tugma esa qarama-qarshi tomoniga joylashtirilgan.

Telefon asosini 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan Dimensity 1200 protsessori, 6/12 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira tashkil etadi. Qurilma qalinligi — 8,3 millimetr, ichidan esa sig‘imi 5065 mA/soatga teng akkumulyator o‘rin olgan. USB-C yordamida 67 vattli tezkor quvvatlana oladi.

Redmi K40 Game Enhanced Edition standart versiyadan orqa qopqog‘iga qotiriladigan qo‘shimcha tugmalar va yashin shaklidagi chaqnoq bilan farqlanadi.

Redmi K40’ning geymerlar uchun mo‘ljallangan versiyasi to‘rtta kameraga ega bo‘lgan: frontal 16 megapiksel, shuningdek, 64 megapikselli asosiy, 8 megapikselli ultra keng burchakli va 2 megapikselli qo‘shimcha makro-datchik. Bundan tashqari, 4K sifatli videoni soniyasiga 30 ta, 720r’ni esa 960 kadr olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, smartfon JBL bilan hamkorlikda yaratilgan stereodinamiklar, IP53 va Dolby Atmos standarti bo‘yicha himoyaga ega bo‘lgan.

Redmi K40 Game Enhanced Edition uch xil rangda sotuvga chiqadi: oq, qora va kulrang. Xitoydagi rasmiy narxlari:

  • 6/128 GB — 310 dollar;
  • 8/128 GB — 340 dollar;
  • 8/256 GB — 370 dollar;
  • 12/128 GB — 370 dollar;
  • 12/256 GB — 415 dollar.

Bundan tashqari, Redmi jang san’atining afsonasi, aktyor va rejissor Bryus Li sharafiga Redmi K40 Bruce Lee Special Edition maxsus versiyasining taqdim etilishini e’lon qilgan.

Smartfon yetkazib berish jamlanmasi, jihozlanishi va tashqi ko‘rinishi bilan farqlanadi. Qora chiziqli sariq quti ichidan 67 vattli quvvatlantirish bloki, quvvatlantirish uchun sariq kabel, g‘ilof va aktyorning surati tushirilgan maxsus otkritka o‘rin olgan.

Redmi K40 Bruce Lee Special Edition 12/256 GB versiyasida 430 dollar qiymatida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Redmi kompaniyasi fevral oxirida beshta yangi qurilmasi — Redmi K40, K40 Pro, K40 Pro+ smartfonlari, RedmiBook Pro noutbugi va Redmi AirDots 3 simsiz naushnigining taqdimotini o‘tkazgan edi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *