“Sadoqatsiz” seriali yulduzi Jansu Dere haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan qiziqarli faktlar (foto)

O‘zbek teletomoshabinlariga “Muhtasham yuz yil” serialidagi Firuza obrazi bilan tanish bo‘lgan Jansu Dere hozirda Milliy telekanalida efirga uzatilayotgan “Sadoqatsiz” serialida turmush o‘rtog‘ining xiyonatiga uchragan Asya ismli shifokor rolida gavdalanmoqda. Aktrisa haqidagi bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Jansu Dere 1980-yil oktabr oyida Anqarada tug‘ilgan. Uning otasi savdo agenti, onasi esa o‘qituvchi edi. Jansuning ikkita turli xil qiziqishi bo‘lib, ular balerina yoki arxitektorlik kasbi edi. Albatta, uning bu istaklari bir-biriga yaqin bo‘lmagan. Shuning uchun ham tez orada balerinalar oyoq kiyimi hamda arxitektura oid orzular orzuligicha qoldi.

Bo‘lajak yulduzning ota-onasi Anqaradan Izmirga ko‘chishga qaror qilgandan so‘ng uning hayoti keskin tarzda o‘zgarib ketadi. Jansu mahalliy maktabni muvaffaqiyatli tamomlagach, tarix va arxeologik ishlarga qiziqishni boshladi. Hattoki Istanbul universiteti Arxeologiya bo‘limiga kirish to‘g‘risidagi qaror oila davrasida mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Talabalik hayoti Jansuga go‘zallik tanlovlarida ishtirok etishga imkon berdi. Ko‘plab talabalar orasida go‘zallik malikasining toji aynan Jansu Derega nasib etdi. Shundan so‘ng Jansu “Turkiya go‘zali” tanloviga ham taklif etildi. Mazkur tanlovda aktrisa kuchli uchlikka kirdi va modellik agentlarining e’tiborini tortdi. Endilikda Jansuning suratlari moda jurnallari muqovasini bezashni boshladi. Shuningdek, moda haftaligida kiyimlarni reklama qildi. Shunday qilib muvaffaqiyatli modelning daromadi barcha rekordlardan o‘zib ketgan va turk ayollari o‘rtasida Jansu eng yuqori to‘lovlarni olgan.

Jansuga 2002-yilda o‘zini aktrisa sifatida sinab ko‘rish taklifi bildirilgan. Shundan so‘ng u aktyor Kenan Imirzalio‘g‘lu bilan “Sumerki” loyihasida ishtirok etgan. Bundan so‘ng “Metro Palas” komediyasida kichik rol ijro etgan.

“Kuzgi yong‘inlar” seriali esa modelning aktrisalik qobiliyatini ham ochib bergan. Uning ichki imkoniyatlari boricha namoyish etilgan. Aynan Jansuga ushbu loyihadan so‘ng kino olami eshiklari butunlay ochilgan.

Shundan so‘ng aktrisa “Sila. Uyga qaytish”, “Oxirgi Usmonli: Yandim Ali”, “Achchiq muhabbat” kabi kartinalardagi ishtiroki tufayli minglab tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Yevropa mamlakatlari tomonidan sotib olingan reytingi yuqori “Ezel” seriali aktyorlarni dunyo miqyosida mashhur qilgan.

“Muhtasham yuz yil” serialida Xurramning raqibi sifatida gavdalangan fors qizi Firuza roli ham aktrisaning yana bir qirrasini ochib bergan. Garchi tomoshabinlar uning serialdagi qahramonini unchalik xushlamagan bo‘lsa-da, ammo personajning serialda o‘ziga xos o‘rni bor.

Jansu Dere shaxsiy hayoti haqidagi sirlarni oshkor qilmaydi, faqatgina u haqidagi ba’zi yangiliklarni do‘stlarining posti orqali bilib olish mumkin. Bir necha yillar davomida aktrisa Jem Yilmaz kompaniyasida faoliyat yuritdi va ular orasidagi munosabatlar unga “Sila. Uyga qaytish” serialida to‘liq ishlashiga to‘sqinlik qildi. Shuningdek, u va loyihadagi hamkori bo‘lgan Mehmet Alakurt bilan konfliktga ham borgan. Serialda ular garchi bir-birlariga nisbatan nafratni ishonchli tarzda namoyon etgan bo‘lsa-da, keyinchalik u ehtirosli muhabbatga aylangan va ammo hayotda esa ularning munosabati o‘zgarishsiz qolgan. Afsuski, Yilmaz aktrisa bilan orasidagi munosabatlarga jiddiy yondashmadi va Jansuning yuragini sindirgan holda boshqa bir inson bilan hayotini bog‘lagan.

Bundan so‘ng yulduz bilan yana bir qancha ishqiy munosabatlar haqida shov-shuvlar paydo bo‘lgan, ammo bularning bari piar bo‘lib chiqdi. Endilikda esa Jansu o‘z muhabbatini izlamoqda. Shuningdek, u oilasi uchun karyerasidan voz kechishga ham tayyor. Kuchli xarakterga ega aqlli hamda kelishgan inson Jansuning ideali hisoblanadi.

Jansu bundan tashqari, suratga tushishni, musiqa tinglashni va mumtoz kitoblarni o‘qishni yaxshi ko‘radi. U ko‘pincha vaqtini suratga tushish va sayohat qilishga sarflaydi. Agar Jansu aktrisa bo‘lmaganida, suratkash yoki arxitektor bo‘lishi mumkin edi. Eng qizig‘i, aktrisa qimmatbaho oyoq kiyimlarga ko‘p pul sarflashini tan oladi va Prada, Galyano va Xelmut Lang kabi brend liboslarni xarid qiladi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *