Samsung kompaniyasi Galaxy Book Pro va Book Pro 360 noutbuklarini namoyish etdi

Samsung kompaniyasi to‘rtta noutbugini taqdim etdi: oddiy vazifalar uchun Galaxy Book, o‘yinlar uchun Galaxy Book Odyssey, professionallar uchun Galaxy Book Pro hamda buriladigan ekranga ega Galaxy Book Pro 360.

Galaxy Book

Og‘irligi 1,59 kilogrammni tashkil etadigan bazaviy modelga piksellari soni 1980×1080 bo‘lgan 15,6 dyuymli LCD-displey o‘rnatilgan. Qurilma ichida 11-avlod Intel protsessori joylashgan: i3, i5 yoki i7. tezkor xotirasi 4, 8 yoki 16 gigabaytni tashkil etadi, ichki xotirasi 1 terabaytgacha.

Noutbukning ikkita USB-C, uchta USB 3.2 portlari, HDMI razyomi, 3,5 millimetrli mini-jek va tarmoq porti mavjud. Model nanoSIM orqali LTR aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, Wi-Fi 6 moduli va Bluetooth 5.1, shuningdek, Dolby Atmos’ga ega. Galaxy Book’ning rasmiy narxi 549 dollardan boshlanadi.

Galaxy Book Odyssey

Geymerlar uchun mo‘ljallangan 1,85 kilogrammli noutbuk Full HD sifatli 15,6 dyuymga teng suyuq kristall ekran bilan jihozlangan. Mazkur noutbuk ichidan ham 11-avlod Intel protsessori o‘rin olgan: i5 yoki i7. Tezkor xotirasi — 32 gigabaytgacha, ichki xotirasi — 2 terabaytgacha. Grafikasi uchun foydalanuvchining xohishiga qarab NVIDIA GeForce RTX 3050 yoki RTX 3050 ti javob beradi.

Noutbuk microSD, ikkita USB-C, uchta USB 3.2 portlari, HDMI razyomi va tarmoq portiga ega bo‘lgan. Galaxy Book Odyssey’ning rasmiy narxi 1399 dollardan boshlanadi.

Galaxy Book Pro

“Professionallar uchun” mo‘ljallangan noutbuk 13 yoki 15 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ladi. Ichidan Intel’ning 11-avlod protsessori o‘rin olgan: Intel Iris Xe grafikasiga ega i5 yoki i7. Diagonali 13 dyuymga teng versiyaning tezkor xotirasi 8 gigabaytni, 15 dyuymliniki 16 gigabaytni tashkil etadi. Ikkala versiyaning ham ichki xotirasi 512 gigabaytgacha.

Noutbukning ovoz tizimiga AKG’ning Dolby Atmos funksiyasiga ega dinamiklariga javob beradi. Rasmiy narxi — 999 dollar.

Galaxy Book Pro 360

Transformer-noutbukning OLED-ekrani sensorli boshqaruvga ega bo‘lib, S-Pen yordamida ishlaydi. Galaxy Book Pro 360 ichida Intel Core i5 yoki i7 protsessori, shuningdek, 16 gigabayt tezkor va 1 terabaytgacha ichki xotira o‘rnatilgan. Fayllarni bir zumda Galaxy qurilmalari o‘rtasida almashish imkonini beradigan Quick Share funksiyasi mavjud.

Galaxy Book Pro 360’ning rasmiy narxi 1199 dollarni tashkil etadi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *