Shohrux Xon, Amir Xon va Bollivudning kech farzandli bo‘lgan boshqa yulduzlari (foto)

Farzand dunyoga kelishi hamisha quvonarli hol bo‘lgan. Bu baxtning his qilishni erta-kechi bo‘lmaydi.

Saif Ali Xon

2020-yilning yozida 50 yoshga to‘lgan Saif Ali Xon 2021-yilning 21-fevralida to‘rtinchi marta ota bo‘ldi. Birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bo‘lgan aktyorning yana otalik baxtini his qilishiga ikkinchi rafiqasi Karina Kapur sababchi bo‘lgan.

Shohrux Xon

Bollivud qiroli 47 yoshida uchinchi bor ota bo‘ldi. Uning uchinchi farzandini surrogat ona dunyoga keltirgan. Yulduzlar bugungi kunda ikki nafar o‘g‘il va bir nafar qizni katta qilmoqda.

Amir Xon

Aktyor surrogat ona yordami bilan 46 yoshida takror ota bo‘lgan. Amirning birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bor.

Arjun Rampal

2019-yilda farzandi dunyoga kelganida Arjun 46, qallig‘i esa 32 yoshda bo‘lgan. Rampal muntazam ravishda o‘g‘lining suratlari bilan Instagram sahifasida bo‘lishib keladi.

Sanjay Datt

Ikkinchi marta ota bo‘lganida Sanjay 51 yosh bo‘lgan. 2010-yilda Dattning uchinchi rafiqasi egizak farzand dunyoga keltirgan.

Prakash Raj

Prakash otalik baxtini his qilganida 50 yosh bo‘lgan. 2016-yil fevralda rafiqasi Poni Verma o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan.

Rajesh Kxattar

Rajesh va rafiqasi Vandana Sajnani farzandli bo‘lganida aktyor 52 yosh bo‘lgan. Kenja farzandlari esa 2019-yilda dunyoga kelgan.

Satish Kaushik

Farzandidan ayrilganidan 16 yil o‘tib, Satish qayta ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan. Qizi

Satishani surrogat ona dunyoga keltirganida Satish 56 yosh bo‘lgan.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *