Shvarsenegger “Oskar”ning taqdirlash marosimini “juda zerikarli” deb atadi

Gollivudning taniqli aktyorlaridan biri Arnold Shvarsenegger “Oskar” mukofotining so‘nggi taqdirlash marosimini “juda zerikarli” deb atadi. U o‘z fikrini Jimmi Kimmelning shousi vaqtida bildirib o‘tgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Terminator” yulduzining ta’kidlashicha, u marosimning uchdan bir qismini ko‘rgan va keyin televizorni o‘chirib qo‘ygan.

“Sahnada shuncha iqtidorlilar bo‘lsa-da, juda ham zerikarli bo‘lgani uchun boshqa tomosha qila olmas edim. Ular shuncha iqtidori bo‘la turib, marosimni qanday zerikarliga aylantirdi?” — deya hayron bo‘ladi aktyor.

Boshlovchining marosimni yaxshiroq o‘tkazish mumkinmi, degan savoliga Shvarsenegger hazillashib, keyingi safar uni Muscle Beach’da — gimanst va atletlar, so‘nggi vaqtda turli yoga maktablari vakillari to‘planadigan Santa-Mokiadagi mashg‘ulotlar maydonchasida o‘tkazish kerakligini aytgan.

Ta’kidlanishicha, “Oskar”ning 93-marosimi o‘z tarixida eng past reytingni qayd etgan — uni kuzatgan teletomoshabinlar soni 2020-yilgiga nisbatan ikki barobarga qisqarib ketgan.

Avvalroq “Ota” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotining eng yaxshi erkak nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aktyor Entoni Hopkins taqdirlash marosimida ishtirok etmagani va o‘zining ismi e’lon qilingan vaqtda Uelsdagi uyida uxlab yotgan bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!