Video: Soatiga 620 kilometr tezlikda pokrishka bilan nima sodir bo‘ladi?

Пример HTML-страницы

YouTube’dagi “Garaj 54” kanalining novosibirsklik blogerlari juda katta aylanishlar tezligida “Jiguli”ning pokrishkasi bilan nima sodir bo‘lishini tekshirishga qaror qildi. Maxsus konstruksiya va taxometr yordamida ular g‘ildirakni soatiga 620 kilometr tezlikda aylantirishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Har bir rezinaga undan foydalanish mumkin bo‘lgan maksimal yuklanish va tezlik indeksi tushirilgan. Biroq g‘ildiraklar ishlab chiqaruvchi hisobga olmagan darajada tezlikda aylantirilsa, nima bo‘ladi? Rossiyalik blogerlar aynan shunga javob topish ilinjida tajriba o‘tkazgan.

Mutaxassislar avvaliga g‘ildirak soatiga 50 kilometr tezlik vaqtida daqiqasiga 450 marta aylanishini hisoblab chiqqan. Shundan so‘ng blogerlar qo‘lda “Jiguli”ning orqa g‘ildiraklaridan birini to‘xtatgan va bitta g‘ildirakdagi yuklama 960 ta aylanishga yetishini aniqlagan.

Blogerlar g‘ildirakni maksimal darajada aylantirish maqsadida ikkita yarim yig‘ilgan “Jiguli” o‘rtasida sinov stendini qurgan. Mutaxassislar konstruksiya yordamida uzatmalar qutisining to‘rtinchi bosqichida g‘ildirakni daqiqasiga 4200 martagacha aylantirgan, bu soatiga 400 kilometr tezlik demak. Kuchli shamol sabab taxometrni uchirib yuborgan, shu sababli tajriba to‘xtatilgan.

Sinovning final qismida mutaxassislar taxometrni mustahkam o‘rnatib, daqiqasiga 5384 aylantirishga erishgan. Shu orqali blogerlar g‘ildirakni soatiga 550 kilometr tezlikda aylantirishga muvaffaq bo‘lgan, shundan so‘ng ikki kilogrammli bosim ostida pokrishka tom ma’noda diskadan sirpanib ketgan.

Biroq blogerlar tajribani oxiriga yetkazishga qaror qilgan. Mutaxassislar pokrishkani besh kilogrammli havo bosimi bilan to‘ldirgan va uni daqiqasiga 6200 ta aylantirishga chiqargan — bu soatiga 620 kilometr tezlik demak.

Bunga qadar “Garaj 54” kanali blogerlari “Oka” avtomobilini suzishga “o‘rgatgan”, “Jiguli”ga “ZIL-130” dvigateli o‘rnatish loyihasini yakuniga yetkazgan edi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!