Viktoriya Bekxem, Emiliya Klark hamda ozish istagida sog‘lig‘iga putur yetkazgan boshqa mashhur ayollar (foto)

Ortiqcha vaznni kamaytirishda asosiy narsa sog‘liqqa zarar yetkazmaslikdir. Afsuski, hamma ham buni uddalay olmaydi. Hattoki yulduzlar ham. Ulardan bir nechtasi ozish ilinjida o‘zlari uchun kasalliklar orttirib olgan.

Viktoriya Bekxem

O‘tgan yillar mobaynida shifokorlar Viktoriyaning salomatligi borasida xavotirda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular yulduzning qonida simob miqdori oshganligini aniqlagan. Ammo qanday qilib mazkur toksik modda uning organizmda paydo bo‘lgan?

Keyinchalik bunga parhez sabab bo‘lganligi aniqlandi. Viktoriya dengiz mahsulotlariga qiziqib, muntazam ravishda baliq iste’mol qilgan. Shubhasiz, baliq foydali xususiyatlarga boy, ammo me’yoridan orttirish tavsiya etilmaydi. Natijada holsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va og‘izda metall ta’mi paydo bo‘ladi. Viktoriya toksik moddalarning konsentratsiyasini kamaytirish uchun jigarni tozalash amaliyotini o‘tkazdi. Hozirda u to‘g‘ri ovqatlanishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Dana Borisova

2015-yilda teleboshlovchi sevgilisi Andrey Troshchenko bilan to‘y libosida mukammal ko‘rinishi uchun zudlik bilan vazn kamaytirishga kirishgan. U 43 kilogramm bo‘lishi uchun bir oy davomida kuniga faqatgina bir dona olma iste’mol qilgan. So‘ngra anoreksiyaga chalingan. Hushidan keta boshlagach, uning salomatligida muammo borligi aniqlandi. U parhez natijasida pankreatit orttirib olgan edi. Endilikda uning organizmi ovqat qabul qila olmasdi. Hozirda uning vazni 53-58 kilogrammni tashkil etadi.

Kristian Beyl 

Aktyor ko‘pincha rollari uchun vaznini kamaytiradi. U bir necha bor 30 kilogrammga ozgan va mushaklariga ishlov bergan. Umuman olganda, u 274 kilogramm vazn tashlagan. Biroq yaqinda aktyor tanasiga zarar yetgani va endilikda suratga tushish uchun ko‘p o‘zgarmasligini ma’lum qilgan.

Tara Rid

O‘zi avvaldan nozik bo‘lgan yulduz yana ozish ilinjida nafaqat sog‘lig‘iga putur yetkazdi, balki karyerasiga ham nuqta qo‘ydi. U parhez davomida muvaffaqiyatsiz jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Keyinchalik ularni tuzatish uchun yana bir necha operatsiyalar bo‘lib o‘tgan. Natijada uning terisi cho‘zilib, haddan tashqari ozib ketgan. Shundan so‘ng unga rollar taklif qilinmadi. Taraga anoreksiya nervoza tashxisi qo‘yilgan.

Korneliya Mango

Korneliya avvaldanoq to‘ladan kelgan edi. Lekin u ham boshqalar kabi ozishga qaror qildi. U parhez va yog‘ni eritish kabi muolajalardan foydalandi. Keyin unda qandli diabet kasalligi aniqlandi. Xonanda bu ishidan afsusda ekanligi, tezroq vazn yo‘qotish uchun tabletkalar qabul qilganini tan olgan. Shuningdek, muxlislariga vazn kamaytirishga intilmaslik va to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassisi bilan ishlashni maslahat berdi.

Emiliya Klark

“Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi ham roli uchun vaqtini deyarli sport zalda o‘tkazgan. U charchaguncha shug‘ullanar, me’yorni har kuni oshirib borar edi. Ammo birinchi mavsum premyerasi arafasida aktrisa miyaga qon quyilishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni qutqarib qoldi, ammo operatsiyadan so‘ng u gapirishni va yuz ifodalarini boshqarishni asta-sekin o‘rgandi. Bu uning karyerasiga abadiy nuqta qo‘yishi ham mumkin edi. Aktrisa uchun reabilitatsiya bir yil davom etdi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *