Xitoyda Mercedes-Maybach’ning eng arzon versiyasi namoyish etildi

O‘tgan hafta yakunlangan Shanxay avtosalonida faqat Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan Mercedes-Maybach S480 modeli ham taqdim etildi, deb xabar beradi CARakoom. Ayrimlar Yevropa va Rossiya bozorida model S450 nomi ostida paydo bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Model S-klassning dvigatelidan, ya’ni yumshoq gibrid quvvatloviga ega 3,0 litrli benzin agregatidan foydalangani sabab  S450 nomini olgan. Dvigatelning jami quvvati 367 ot kuchi va 500 Nm aylanuvchi momentni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar Mercedes-Maybach S480 va Mercedes-Benz S450’ning muqobili hisoblanadi.

Biroq Mercedes-Maybach S480 o‘lchami va og‘irligi sabab S450’dan biroz sekinroq. Soatiga 100 kilometr tezlikka 5,8 soniyada erishadi — S450’da ushbu ko‘rsatkich 5,1 soniyani tashkil etadi. Mashinaning maksimal tezligi 250 kilometr/soat, yoqilg‘i sarfi esa 100 kilometrga 8,56 litrga teng.

Mercedes-Maybach S480 model qatoridagi eng arzon bo‘lishiga qaramay, u qimmat versiyalarga xos hashamatli opsiyalarga ega. Modelning narxi rasmiy saytda 1,458 million yuanni tashkil etadi. Ayni vaqtda bu Xitoyda sotiladigan yagona Mercedes-Maybach S-klass hisoblanadi.

Keyinroq uning yonidan 496 ot kuchini taqdim etishga qodir 4,0 litrli V8 motorli S580 hamda 621 ot kuchiga ega 6,0 litrli V12 dvigateli o‘rnatilgan S650 o‘rin olishi kutilmoqda.

Avvalroq Toyota kompaniyasi Shanxay avtosaloni doirasida Crown Vellfire nomli minivenini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *