Yaponiyaning The World Is Yours brendi sharqona naqshlar tushirilgan krossovkalarini taqdim etdi

Yaponiya brendi ikki xil — kulrang va qora rangli Dac Japonica krossovkalarini taqdim etdi. Ikkala model ham yashil poshna va kontrast oxircho‘pga ega, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Peysli naqshi (qalampirnusxa) — tomchisimon shaklga ega dekorativ ornament oyoq kiyim bezagiga aylangan. U “but” deb ataluvchi takroriy elementlardan iborat. Forschadan u “butazor” yoki “barglar uyumi” deya tarjima qilinadi.

Model tekstik yuqori va dumaloq tumshuq qismga ega. Oyoq kiyim jamlanmasi tout-sumka bilan yetkazib beriladi.

The World is Yours brendining Dac Japonica krossovkalarini HBX sayti orqali 493 dollarga xarid qilish mumkin.

Avvalroq reper Tommi Kesh va Adidas Originals uzunligi 1 metrni tashkil qiladigan krossovka modelini namoyish etilgani, Yaponiyada pedikyur qilingan oyoq ko‘rinishidagi botinkalar ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *