Yulduzlarning mehriga sazovor bo‘lgan hamyonbop go‘zallik vositalari (foto)

Yulduzlar tashqi ko‘rinishga g‘amxo‘rlik qilishi uchun minglab dollar sarflashi ko‘pchilikka ma’lum. Quyida taniqli shaxslar mehriga sazovor bo‘lgan go‘zallik  mahsulotlari bilan tanishib chiqing.

Luxurious Volume Blow Dry Lotion, John Frieda

Ushbu vosita sochlarni yanada qalin ko‘rsatadi va hajm qo‘shadi. Vosita nam sochlarning ildizlariga surtiladi va yaxshilab taraladi. So‘ngra fen bilan quritiladi. Mazkur mahsulotdan Riz Uizerspun, Viktoriya Bekxem va Rouz Byorn muntazam foydalanadi.

Messed Up, Lee Stafford 

Model Agness Deyn o‘zining ajoyib soch turmagi sirini aynan ushbu vositada deb biladi. Model har qanday vaqtda kosmetik vosita yordam berishini tan oladi.

Intensive Mask Bee Strong, Herbal Essences

Asal va o‘rik ekstraktlari Nikol Sherzingerning sochlarini himoya qiladi. U haftasiga ikki marotaba niqobdan foydalanadi.

Pantene Pro-V

Soch tolalarini qayta tiklash, elastiklik, ularni namlash, oziqlantirish va yuzasini tekislashda faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham Keyt Blanshet ushbu mahsulotni tanlagan.

Essentials Beauty Fluid, Olay 

Yumshoq namlantiruvchi suyuqlik yuzni yaltirashdan xalos etadi. Shuning uchun ham yog‘li teri egalari bundan ko‘p foydalanadi. Ular orasida Kameron Dias ham bor.

The Body Shop

Muammoli terilar uchun tetiklashtiruvchi tonik makiyajni mukammal tozalaydi. Shuningdek, yuzda husnbuzarlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Mahsulot muxlislari orasida Britni Spirs va Keti Perri ham bor.

Cetaphil namlantiruvchi kremi

Krem tarkibidagi E vitamini teri tiklanishni ta’minlaydi va SPF ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Lip Liner, №7

Ushbu ajoyib mahsulot aktrisa Kira Naytlining eng sevimli lab bo‘yog‘i hisoblanadi. Aktrisa tabiiylikni xush ko‘radi.

Color Riche, L’Oreal Paris

Mishel Dokeri ushbu brendning mahsulotlaridan unumli foydalanadi hamda ularni boshqalarga ham tavsiya etadi.

EyeStudio Color Tatoo 24 hr Cream Gel Eyeshadow, Maybelline New Work

Ushbu ten ko‘zda 24 soat davomida saqlanib turadi. Shuning uchun Lili Eldridj ulardan foydalanadi.

Full Coverage Concealer, NYX  

Ushbu vosita quruq yuz terisi uchun juda mos keladi. Kameron Dias, Julianna Mur va Emma Stoun mazkur mahsulotlarning chinakam muxlisi.

Weleda

Anjelina Jolining o‘zi homiladorlik paytida ushbu moy yordamida terini yorilishdan xalos qilganini tan oladi.

Baraka kokos moyi

Aleks Chang va Emili Blant mazkur moyni soch uchun niqob va yuz kremi sifatida ishlatadi.

Nivea balzami 

Bleyk Layvli labning qurishi, teri ko‘chishini bartaraf etishda samarali vosita sifatida Nivea balzamini tanlaydi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *