AQShda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan marafonda tasodifan it g‘olib chiqdi. Mukofot baribir unga topshirilmagan

Yuta shtatidagi Logan shahrida yengil atletika bo‘yicha maktablararo o‘tkazilgan bellashuvda stadionga yugurib chiqqat it qizlar o‘rtasidagi poygada marraga birinchi bo‘lib yetib keldi, deb xabar beradi Esquire.

Yugurish musobaqasida raqiblaridan ancha oldinga o‘tib ketgan Greysi Leynining so‘zlariga ko‘ra, u finishga yaqinlashayotganida ortidan kimdir yetib olayotganini his qilgan. Shunda Greysi yanada tezroq yugurishga harakat qilgan, biroq bu yetarli bo‘lmagan — o‘quvchini it quvib o‘tgan. Qiz itga urilib ketishiga bir baxya qolgan, ammo barchasi yaxshi yakunlangan.

Daily Star’ning yozishicha, Рolli laqabli it yugurayotganlarni ko‘rib, xo‘jayinidan qochib ketgan. U 100 metrli masofani 10,5 soniyada bosib o‘tgan. Bu Useyn Bolt tomonidan o‘rnatilgan jahon rekordidan bir soniyaga ko‘proqб xolos.

Biroq Holli g‘olib deya topilmagan va birinchi o‘rin Greysiga berilgan.

Avvalroq AQShda syorfer-itlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!