Instagram: Lolaning avariyaga uchrashiga oz qoldi, Munisa uysizlarga ovqat tarqatdi, Shohruhxon va Asal dam olishga uchib ketdi

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Alisher Uzoqov hamkasb do‘sti Adiz Rajabovni sog‘inganini yozdi.

Oilasi bilan Londonda yashaydigan xonanda Sevara Nazarxon qizi Imon Anvarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning sinfdoshlariga shirinliklar tarqatdi.

Bahora Arslonova lolaqizg‘aldoqlar ushlab tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Shohruhxon, Asal Shodiyeva, Shahlo Zoirova hamda uning turmush o‘rtog‘i Sharm ash-Shayxga dam olgani ketdi.

Rayhon egizak o‘g‘illarining tug‘ilgan kunidagi suratni folloverlari bilan bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi hamkasblariga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish uchun ularni olqishlar bilan kutib olayotgani aks etgan video tarqaldi.

Turk aktrisasi Neslihan Atagul ham muxlislarini yangi surat bilan xushnud etdi.

Munisa Rizayeva xayriya aksiyasi doirasida keksalar uyida yashovchi insonlarga ovqat va shirinliklar tarqatdi.

Muqaddas Sa’dullayeva iliq so‘zlar aks sadosi inson qalbida uzoq vaqt yashashini yozdi.

Lola Rossiyaning notekis yo‘llarida turmush o‘rtog‘i bilan sayr qildi. Loy yo‘lda er-xotin o‘tirgan bagi (uncha katta bo‘lmagan, notekis yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan avtomobil) ag‘darilib ketay dedi. Xonanda qo‘rquvdan qichqirib yubordi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *