Karim Benzema kuchli beshlik futbolchilari orasida Lionel Messidan so‘ng eng yaxshi natijani ko‘rsatmoqda

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 34-turi doirasida 1-may, shanba kuni Madridning “Real”i o‘z maydonida “Osasuna”ni mag‘lub etdi (2:0).

Madridliklarning gollariga Eder Militao hamda Kazemiro mualliflik qildi. Kazemironing goliga esa Karim Benzema hammuallif bo‘ldi. Fransiyalik hujumchi La Liga doirasida so‘nggi uch oy ichida gol+pas tizimida 14 ochko (11+3) ishladi.

Yevropaning kuchli beshlik chempionati futbolchilari orasida bu vaqt davomida faqatgina “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yaxshiroq natija qayd etgan. Argentinalik futbolchi hisobida 21 ochko (14+7) mavjud.

14 ochkolik ko‘rsatkichga yana uch nafar futbolchi erishgan: Luis Muriel (“Atalanta”), Romelu Lukaku (“Inter”) va Erling Holand (“Borussiya D”).

Ma’lumot uchun, Karim Benzema La Liganing 2020/21-yilgi mavsumida “Real” safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *