Kolumbiya prezidenti soliqlar oshirilishiga qarshi noroziliklar tufayli shaharlarga qo‘shin kiritilishini e’lon qildi

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke soliq islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan shaharlarga yordam uchun armiya yuborishini e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant”. Davlat rahbari ta’kidlashicha, harbiylar fuqarolar xavfsizligiga tahdid bo‘lgan joylarda ish olib boradi.

“Harbiy ko‘mak fuqarolar xavfsizligiga nisbatan tahdid yuqori bo‘lgan shaharlarda va aholining davlat tomonidan himoya qilinishiga zarurat bo‘lgan joylarda amal qiladi, bu konstitutsiya va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan va kuchda qoladi”, — deyiladi prezident bayonotida.

Soliq islohoti loyihasi budjetni qo‘shimcha 6,8 milliard dollarga (taxminan yalpi ichki mahsulotning 2 foizi) to‘ldirishni ko‘zda tutadi. QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) qo‘llashni kengaytirish, qo‘shimcha yig‘imlarni joriy qilish, aholining 2,4 million peso (660 dollar)dan yuqori bo‘lgan barcha daromadlarini soliqqa tortish taklif qilinmoqda. Bu ommaviy norozilik namoyishlariga olib keldi. Ikki hafta ichida 200 dan ortiq politsiya xodimlari jabrlandi, 200 ga yaqin odam qo‘lga olindi. OAVlar politsiya va namoyishchilar tomonidan ham qurbonlar va jabrlanganlar haqida xabar bermoqda. Avvalroq Duke islohot loyihasini o‘zgartirishni buyurgan edi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *