La Liga. “Barselona” 5 ta gol urilgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, Messidan dubl

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida “Barselona” 2-may, yakshanba kuni “Valensiya”ga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Gabriel Paulista mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada katalonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Avvaliga Lionel Messining 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi, biroq ikkinchi tempdagi hujumdan keyin argentinalik futbolchi gol urgan holda muvozanatni tikladi.

63-daqiqada Antuan Grizmann katalonlarning ikkinchi golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Messi jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Karlos Soler uzoq masofadan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi va bu gol o‘yindagi oxirgisi bo‘ldi.

“Valensiya” — “Barselona” uchrashuvidagi gollar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Mazkur g‘alabadan keyin “Barselona” ochkolarini 74 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rindagi “Real”ga yetib oldi. Peshqadam “Atletiko” hisobida 76 ochko bor. Keyingi turda katalonlar aynan “Atletiko” bilan o‘ynaydi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *