O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanmoqda?

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanayotgani haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinatsiyaning dastlabki o‘n kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz bo‘lgan. Ikkinchi o‘n kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgan, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish esa 42 foizga yetgan. 28-aprelga kelib mamlakat aholisi uchun uchinchi vaksina — “Sputnik V”dan ham foydalanish boshlandi.

Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish ko‘rsatkichi AstraZeneca da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001 da 58,4 foiz, “Sputnik V”da 0,7 foizni tashkil qilgan.

30-apreldagi kunlik holatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 2181 nafar fuqaro AstraZeneca bilan , 74 773 nafar aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan, 2356 nafar kishi “Sputnik V” bilan emlangan.

O‘zbekistonda 1-maydan vaksinatsiyaning ikkinchi oyi boshlandi, ilk kuniyoq 58 ming nafardan ortiq kishi emlanib, ayni kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning jami soni 856 016 nafarga yetdi. Hukumat iyun oyi oxirigacha 4 millionga yaqin, yil oxirigacha 7 million aholini koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirgan.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *