O‘zbekiston Turkiyaga tibbiy buyumlardan iborat gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, 2021-yil 2-may kuni Turkiyaga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Turkiyaga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida qabul qilingan hukumat farmoyishiga asosan Uzbekistan Airways tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berildi.

Noyabr oyida Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish apparatini sovg‘a qilgandi.

O‘zbekiston bundan avval koronavirusning tarqalishini bartaraf etish uchun Hindistonga insonparvarlik yordamini yuborgani hamda Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!