Rasman: “Manchester Yunayted” — “Liverpul” uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi

Angliya Premyer Ligasining 34-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 2-may kuni bo‘lib o‘tmaydi.

Premyer Liga uchrashuvning boshqa kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. O‘yinning yangi sanasi hali e’lon qilinmadi.

Bunga stadion va uning atrofida yuzaga kelgan tartibsizliklar sabab bo‘ldi. Avvalroq “Manchester Yunayted” muxlislarining klub xo‘jayinlariga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazayotgani uchun uchrashuvning noma’lum muddatga qoldirilgani haqida xabar berilgandi. Muxlislar stadion atrofidagi barcha ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan.

33-turdan keyin “Manchester Yunayted” 67 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi, jamoa peshqadam “Manchester Siti”dan 13 ochkoga ortda qolmoqda. “Liverpul” esa 54 ochko bilan 6-pog‘onani band etgan. Agar mazkur uchrashuvda “Liverpul” g‘alaba qozonganida, “Siti” chempionlikni tantana qilgan bo‘lardi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *