RPL. “Zenit” “Lokomotiv”ga 6 ta gol urdi va muddatidan avval chempionga aylandi

Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 28-turida “Zenit” 2-may, yakshanba kuni “Lokomotiv”ni qabul qildi.

Uchrashuvda piterliklar yirik hisobda g‘alaba qozongan holda muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Zenit” safida Sardor Azmun het-trik qayd etgan bo‘lsa, Artyom Dzyuba dublga erishdi, yana bitta golga Malkom muallif bo‘ldi.

Bu “Zenit” uchun ketma-ket uchinchi va tarixdagi 8-chempionlik bo‘ldi.

Shu tariqa Sergey Semak shogirdlari Yevropa Chempionlar Ligasi 2021/22-yilgi mavsum guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *