Samsung Galaxy S22 200 megapikselli kameraga ega birinchi smartfonga aylanadi

Bir vaqtning o‘zida xitoylik ikki insayder Samsung kompaniyasi yaqin kunlarda 200 megapikselli mobil sensorni taqdim etishi va u 2022-yilda sotuvga chiqadigan Galaxy S22 flagmanlariga o‘rnatilishini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Mobil kameralarni ishlab chiqaruvchilarda sensor o‘lchamini oshirishning ikki yo‘li bor — piksellar o‘lchamini kattalashtirish yoki ularning sonini oshirish. Samsung hozircha boshqa Android-smartfonlar ishlab chiqaruvchilar kabi ikkinchi yo‘ldan ketmoqda. Ikkala holatda ham asosiy maqsad — ko‘proq yorug‘lik tushishi va sifatli tasvir paydo bo‘lishida katta o‘lchamdagi sensorni qo‘lga kiritish.

Mish-mishlarga ko‘ra, 200 megapikselli Samsung kamerasi 0,64 mikrometrli piksellarga ega bo‘ladi — bu Galaxy S21 Ultra’dagi 108 megapikselli kameranikidan 0,8 mikrometrga kichik demak. Sensor deyarli ikki barobar oshirilishi hisobiga yangi kameraning o‘lchami 15 foizga kattalashadi.

Kichik o‘lchamdagi piksellarning 4 yoki 8 tasini birlashtirish imkonini beradigan texnologiya mavjud, ya’ni yuqori tiniqlik va yaxshi yoritilgan tasvirni 25 yoki 40 megapiksellada ham olish mumkin.

Zamonaviy smartfonlar bu kabi yechimdan foydalana oladi — Galaxy S21’dagi Exynos 2100 chipining o‘tkazish qobiliyati 200 megapikselli kamerada olingan tasvirni qayta ishlashga yetadi. Tez orada yangi avlod protsessorlari bu kabi suratlarni yanada tezroq qayta ishlashni o‘rganib oladi.

Avvalroq yechiladigan akkumulyatorga ega “o‘lmaydigan” smartfon — Samsung Galaxy XCover5 taqdim etilgani, suv o‘tkazmaydigan Samsung Galaxy A52 5G sotuvga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *