“Tepkini polga qadar bos, qani uchdik”. Internetda “Forsaj-9”ning yangi roligi paydo bo‘ldi

Universal studiyasi 2021-yilning 20-mayida prokatga chiqadigan “Forsaj-9” muxlislarining qiziqishini oshirishni davim etmoqda. Internetda kartinaning yangi kadrlari namoyish etilgan “Tepkini polga qadar bos, kinoteatrlarga uchdik!” nomli rolik paydo bo‘ldi, deb yozadi “Film.ru”.

“Forsaj”ning 9-qismi dastavval 2020-yilga mo‘ljallangan edi, biroq pandemiya sabab u boshqa sanaga ko‘chirilgan. Amerikadagi relizi iyun oyida bo‘lib o‘tadi.

To‘qqizinchi kartinadagi sujet “Forsaj-7” finalidan keyingi voqealarga ulanib ketadi. Dominik Toretto (Vin Dizel) ashaddiy dushmani Toretto Sayfer (Sharliz Teron)ga ishlaydigan ukasi (Jon Sina) bilan kurashishga majbur bo‘ladi.

Franshizaning to‘rtta filmida rejissorlik qilgan Jastin Lin to‘qqizinchi qismini ham o‘zi suratga olgan.

Avvalroq “Forsaj 5” filmidagi poyezdni o‘marish sahnasiga 25 million dollar sarflangani, “Forsaj” yulduziga tegishli bo‘lgan o‘rta motorli BMW M1 auksionga qo‘yilgani, “Forsaj” franshizasi 11-filmdan so‘ng yakunlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *