Toshkentda Captiva Nexia va “Moskvich”ga borib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari jarohatlandi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Temur Malik va Mirzo

Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida 2-may kuni soat 00:23 da YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli yigit Sh.U. o‘ziga tegishli bo‘lmagan (haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlar yonida topilmagan) Captiva’da mast holda tezlikni sezilarli darajada oshirib harakatlanib, 29 yoshli ayol O.Z. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan. So‘ng jamoat transporti to‘xtash joydagi 59 yoshli erkak Sh.M.ga tegishli “Moskvich”ga borib urilgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi, Captiva haydovchisi hamda uning yo‘lovchilari 21 yoshli A.U. (transport vositasi egasi) va 20 yoshli R.N. turli darajada tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. “Moskvich” haydovchisi olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea sodir bo‘lishining dastlabki sababi: Nexia haydovchisi manyovr qilayotganda Captiva haydovchisi harakatining ustuvorligini e’tiborga olmagan. To‘qnashuv oqibatida Captiva haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan “Moskvich”ga borib urilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentning Yashnobod tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani, Chilonzorda Cobalt va Matiz to‘qnashib, ag‘darilib ketgani, Yunusobod tumanida daraxtga urilgan Lacetti’ning 25 yoshli haydovchisi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *