UFC afsonasi Jon Jons bilan 5 raund jang qilgan Dominik Reyes navbatdagi jangida 2-raunddayoq dahshatli nokautga uchradi

UFC promousheni Toshkent vaqti bilan 2-may, yakshanba kuni AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) UFC Vegas 25 musobaqasini o‘tkazdi.

Musobaqaning asosiy kardidan o‘rin olgan Giga Chikadze hamda Kab Svonson o‘rtasidagi jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Gruziyalik jangchi amerikalik raqibini nokautga uchratdi va g‘alabani tantana qildi.

Asosiy jang yarim og‘ir vazn toifasi vakillari amerikalik Dominik Reyes hamda chexiyalik Irji Proxazka o‘rtasida kechdi. Ikkala sportchi 1-raunddanoq ochiq jangga kirishdi. Ikkinchi raund so‘ngida Proxazka tirsagi bilan kuchli zarba yo‘llab, Reyesni chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi.

Shu tariqa Proxazka UFC’dagi ikkinchi jangida ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi. 28 yoshli sportchi UFC’da debyutini 2020-yil 11-iyulida Volkan O‘zdemirga qarshi o‘tkazgan va uni ham 2-raundda nokautga uchratgandi.

Dominik Reyes esa UFC’da ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. U avvalroq yarim og‘ir vazn toifasi chempionlariga ketma-ketlikda yutqazgandi. Jumladan, UFC afsonasi Jon Jons bilan 5 raund to‘liq jang qilgan va hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazgan. Keyin esa Yan Blahovichga qarshi jang qilib, 2-raundda nokautga uchragan holda yutqazib qo‘ygandi.

UFC Vegas 25 musobaqasi janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Barcha natijalar bilan tanishing:

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *