Xitoyliklar Tesla elektrokarlarining tepkilarini videoga olish uchun kamera o‘rnatishni boshladi. Bunga so‘nggi vaqtda YTHlar ortgani sabab bo‘lgan

Internetning Xitoy segmentida Tesla elektrokariga kiritilgan qo‘shimcha yangilik surati paydo bo‘ldi. Kamida ikkita mashinaning egasi tepkilar uzeliga, ayniqsa, tormoz tepskiga yo‘naltirilgan videoregistratorni o‘rnatgan. Bu agarda avtopilot aybi bilan YTH yoki tizimda nosozlik yuzaga kelganda videoyozuv orqali o‘zlarining aybsizligini isbotlab berish maqsadida qilinmoqda, deb xabar beradi Motor.

Tesla’ning xitoylik egalari bu kabi usulni elektrokarlar bilan sodir bo‘layotgan avariyalar soni ortayotgani sabab qo‘llashga majbur bo‘lmoqda. Avariyaga uchragan haydovchilarning versiyasiga ko‘ra, YTH avtopilot aybi bilan yuzaga kelgan, biroq avtomobil ishlab chiqaruvchi ushbu ayblovlardan qochmoqda. Avariyaga uchraganlar Tesla sabab yuzaga kelgan YTHda jabrlanishiga bir baxya qolgan qiz tomonidan uyushtirilgan ommaviy aksiyaga ham sababchi bo‘lgan.

Ko‘rgazma vaqtida “Nosoz tormozlar” yozuvi tushirilgan futbolkadagi qiz mashina tomiga chiqib olib, avtomobil ishlab chiqaruvchini tizimning nosozligida ayblagan va o‘z oila a’zolari Model 3 elektrokari bilan sodir bo‘lgan YTHda o‘lib ketishiga bir baxya qolganini bildirgan. Amerika kompaniyasi ayblovga o‘z munosabatini bildirgan: qiz avtomobilning nosozligini isbotlovchi biror dalil keltirmagunicha unga kompensatsiya to‘lanmaydi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi aksiya Tesla’ning Xitoy bozoridagi imijiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Avvalroq Florida shtatining Miramar shahrida soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan Tesla Model S bir nechta daraxt, avtoturargohdagi ikkita avtomobil va yo‘l chetidagi uylardan biriga urilib, haydovchining omon qolgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Shimoliy Karolina shtatida avtopilotda harakatlanayotgan Tesla Model S ikkita politsiya avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgani hamda Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushgani, Xitoyda Tesla avtopiloti soatiga 127 kilometr tezlikda harakatlanib, YTHga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *