Tushda aka-uka | Тушда ака-ука
Aka-uka:Agar inson tushida akasini (shuningdek bobosini, amakisini, xolasini va merosdan ulush tegadigan yaqinlaridan birini ) ko’rsa, bu molda sherik bo’lish va uzaro yordamlashuvga dalolatdir.
Aka-uka:Agar inson tushida akasini (shuningdek bobosini, amakisini, xolasini va merosdan ulush tegadigan yaqinlaridan birini ) ko’rsa, bu molda sherik bo’lish va uzaro yordamlashuvga dalolatdir.
Suv toshqini:Agar tushda suv o’z yo’lidan chiqib chap va o’ngga oqsa, xudud ahli uchun tashvish, xafagarchilikdan darak.
Alvasti:Tushda alvasti ko’rish o’ngdagi g’iybat va janjal, ishlarning orqaga ketishiga ishora.
Apelsin sotish, tanavvul qilish:Agar tushda apelsin sotayotgan bo’lsangiz,yangi tanishuv va do’stlikka dalolat. Agar tadbirkor odam tushda apelsin yesa, o’ngida ishi orqaga ketadi. Yigit qiz tushida apelsin yesa, o’ngida sevgisidan ayriladi, oila qurgan bo’lsa, ajrashadi.
Anketa: Tushda anketa savollariga javob yozayotgan bo’lsangiz ehtiyot bo’lingki, qitmirlikka duch kelasiz.
Antenna:Tushingizda antenna ko’rsangiz, o’ngingizda ishbilarmonligingiz, xushyorligingiz va boshqalarning xatolaridan foydalana bilishingiz tufali ishlaringiz rivojlanadi.
Aloe guli: Tushda aloe gulini ko’rish kim bilandir baxsda g’olib chiqishga ishora.
Allohni zikr qilish:Barcha zikrlar ular qilinayotgan joyning obod bo’lishiga dalolat qiladi.
Anqoni ovlasa, sotsaAgar tushda anqoni ovlasa, u obruli kishiga xiyla qiladi. Uni hiylasi ovlasa, u shijoatli farzanddir. Agar tushida anqoni sotsa,o’ngida zulm ko’radi.
Alifbeni o’rganish:Agar alifbeni o’rganayotgan bo’lsangiz va uni tez o’zlashtirsangiz o’ngingizda boshlagan mushkil ishingiz muvaffaqiyatli tugaydi.
Yangi sharhlar