Tushda muhr | Тушда мухр

MUHR (MUHR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida muhrloyicha uzukka o‘rnatilgan muhrni bosganini ko‘rsa, foyda va ulug‘lik topishiga dalildir. Agar xatga muhr bosganini ko‘rsa, unga biror narsa yetishiga dalildir. Tushida podshoh yoki bir^ ulug‘ odam unga muhr uzukni berib: Bos va xazinani muhrla, desa, agar u shunga sazovor odam bo‘lsa, xazinani unga topshirishlariga dalildir, agar podshoh xazinasiga sazovor odam bo‘lmasa, ulug‘lardan biri unga o‘z molini topshirishiga dalildir. Tushida podshoh o‘z muhrini unga topshirganini ko‘rsa, podshohdan ulug‘lik va izzat topishiga dalildir. Tushida podshohning xatga muhr bosganini ko‘rsa, tezda martaba topishiga va hojati ravo bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida xatga, kissaga va shunga o‘xshashlarga muhr bosish yetti narsaga dalildir: amalga; din quvvatiga; rayosatga; din xabarlari va xaqiqatga; boylikka; davlat va ulug‘likka; tush ko‘ruvchining martabasiga muvofiq baxtiyorlikka.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *