Tushda afsun | Тушда афсун
AFSUN Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda afsun qilmoq odamlarni aldamokdir. Biroq afsun Xudoyi ta’oloning nomlari va Qur’on oyatlari bilan bo‘lsa, bunga kirmaydi.
Agar afsungardan o‘ziga yoki biror kishiga shifo yetganini ko‘rsa,
g‘amdan qutilib, rohatga yetishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, qayg‘u va g‘amga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda afsun qilmoq botil ishga dalildir. Bordi-yu bu afsunda Xudoyi ta’oloning zikri bo‘lmasa, yuqoridagiga dalil bo‘ladi. Agar afsun Qur’on, Xudoyi ta’oloning nomlari bilan bo‘lsa, o‘sha kishi haq va rostlik bilan ish tutishiga, bundan unga yaxshilik va ikki jahon to‘g‘riligi nasib etishiga dalildir.