Tushda barg | Тушда барг
BARG Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida barglarni daraxt ustida ko‘rsa, tush ko‘ruvchining fe’lu-atvorini anglatadi, xususan bu o‘z vaqtida bo‘lsa. Agar daraxtdan yashil barglarni uzib olsa yoki kimdir unga bersa, tush ko‘ruvchining fe’lu atvori xush va soz ekaniga dalildir. Agar daraxtdan yangi bargni uzib olganini ko‘rsa, bargning mikdoriga muvofiq pul hosil bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, shirin mevali daraxtlarning barglari xulqning yaxshi ekaniga dalildir. Achchiq mevali daraxtlarning barglari xulqning yomon ekaniga dalildir. Achchiq mevali daraxtlarning barglari badxulqlikni bildiradi. Meva qilmaydigan daraxtlarning barglari diram va dinor (pul)ni bildiradi. Ta’birchilarning aytishlaricha, mevali daraxtlarning barglari diram va dinorni bildiradi.