Tushda barmoqlardagi ofat | Тушда бармоқлардаги офат
Ibn sirin: barmoqlardagi ofat bolaning mehnatiga dalolat qiladi. Agar bolasi bo’lmasa, namozlarini qoldirishga ishoradir. Aytilishicha, kim jimjilogi kesilganini ko’rsa, bolasi unga aqiqa qiladi. Kim bosh barmog’ini kesilganini ko’rsa, farzandli bo’ladi. Kim o’rtanchasi kesilganini ko’rsa, shahridagi olim yoki qozi o’ladi. Kim go’yo to’rtala barmog’ini kesilganini ko’rsa, to’rtta xotinga uylanib, barchasidan minnatdor bo’ladi. Inson barmog’i kesilganini ko’rsa, moliga musibat yetadi. Aytilishicha, barmoqlardagi ofat, yani barmoqlarni kesish xodimni yo’qotish, barmoqlarni ushlash esa molning zavol bo’lishidir. Barmoqlarni tortib olish esa harom qilingan narsalarni tark qilishga dalolat qiladi.
Quyidagilar sizga foydali bo’lishi mumkin:
- Barmoqlarini bir-biriga bog‘lab tush ko‘rsa
- Oyoq barmoqlarini yo‘g‘on va kuchli holda ko‘rsa
- Tushda chap qo’l barmoqlari
- Tushda qo’l
- Tushda ov, o’lja