Tushda BAYT UL-MA’MUR | Тушда байт ул-маъмур
BAYT UL-MA’MUR to‘rtinchi osmonda, Kabatullohning barobarida joylashgan uydir va u farshntalarning Qaj qiladigan joyi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘zini Bayt ulma’murga tushib qolganini ko‘rsa odamlar orasida omonatli kishi va ilmli inson sifatida zohir bo‘ladi, Qajga boradi hamda dushmanlarning yomonligidan omonda bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar Bayt ul-ma’murni yerda ko‘rsa, bir olim va odil podshohga yaqinlashuvini bildiradi. Agar Bayt ul-ma’murda bir xona qurganini yoki u yerda uxlaganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi. Agar Bayt ul-ma’murning atrofini tavof qilayotganini ko‘rsa, u ham dunyodan rihlat qilishiga dalil bo‘ladi. Agar Bayt ul-ma’murni masjid sifatida ko‘rsa va unda namoz o‘qiganini ko‘rsa, uning hojatlari ravo bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar yerdan to Bayt ul-ma’murgacha yo‘l ochiq ekanini ko‘rsa, odamlar o‘sha yili ko‘plab Qaj va Umra qilishlarini bildiradi. Agar Bayt ul-ma’murning yasatilganini va farishtalar uni tavof qilayotganlarini ko‘rsa, ulamolar va din ahllarining ishlari yaxshi bo‘lishiga va obro‘ e’tibor topishlarini bildiradi.